留学中国 · STUDY IN CHINA

Xitoyda o‘qish — grant bilan yoki o‘z hisobingizdan

China Consult O‘zbekistondan talabalarni Xitoy universitetlariga til kursi, bakalavr, magistratura va doktoranturaga joylashtiradi. Xitoydagi rasmiy hamkorimiz bilan birga hujjatdan qabul xatigacha hamma ishni bajaramiz.

KonsaltingGrantlarTarjima, notarius, apostilTibbiy ma’lumotnomalarViza hujjatlari
100+
qabul qilingan talaba
19
universitet va kollej
$300
dan boshlab hujjat topshirish
  • Xitoyda rasmiy hamkorGuanchjoudagi hamkor kompaniya
  • Shartnoma asosidaHar bir to‘lovga kvitansiya
  • Boshlash — $300Qolgani qabul xatidan keyin
  • Asl nusxa shart emasHujjat rasmi yoki skani yetarli
大学

Universitet va kollejlar

Taxminiy yillik kontrakt yuanda (¥). Grant bo‘lsa, kontrakt to‘lanmaydi. Aniq narxni Telegramda so‘rang.

项目

Qaysi bosqichda o‘qish mumkin

Yosh, baho va til darajangizga qarab mos dastur va universitetni birga tanlaymiz.

1 semestr – 1 yil

Til kursi (语言生)

Xitoy tilini noldan o‘rganish, HSK ga tayyorgarlik. Keyin bakalavrga o‘tish oson.

Talab
18+ yosh, attestat
4 yil (tibbiyot 5–6)

Bakalavr (本科)

Xitoy yoki ingliz tilida. Xitoy tilidagi dasturlar uchun HSK 4, ingliz tilida IELTS 5.5–6.

Talab
Attestat, HSK/IELTS
2–3 yil

Magistratura (硕士)

Diplom asosida. CSC va universitet grantlari eng ko‘p shu bosqichda beriladi.

Talab
Diplom, HSK 4–5 / IELTS 6
3–4 yil

Doktorantura (博士)

Magistr diplomi va ilmiy maqolalar bilan. Professor bilan yozishmada yordam beramiz.

Talab
Magistr diplomi
服务

Xizmatimizga nimalar kiradi

Shartnoma tuzganingizdan keyin quyidagilarning barchasini biz bajaramiz. Siz faqat hujjatlaringiz rasmini yuborasiz.

  • Bepul konsultatsiya va universitet tanlash
  • Universitetlarga onlayn ariza topshirish
  • Grantlarga (CSC, viloyat, universitet) topshirish
  • Tarjima
  • Notarius
  • Apostil
  • Tibbiy ma’lumotnoma
  • Bank ma’lumotnomasi
  • Motivatsion xatni yakunlash
  • Tavsiyanoma loyihasi
  • Vasiylik xati (18 yoshgacha)
  • 1 daqiqalik video bo‘yicha maslahat
  • Intervyuga tayyorlash
  • Admission letter va JW202 olish
  • X1 / X2 viza hujjatlari
  • Yo‘lga tayyorgarlik: WeChat, Alipay, bilet

Vasiylik xati: ba’zi shaharlardagi universitetlar bundan mustasno.

成果

Natijalarimiz

Qabul qilingan talabalarimiz, ularning qabul xatlari va grant natijalari Telegram kanalimizda va hikoyalarimizda (stories) muntazam e’lon qilinadi.

  • Admission letter va JW202 natijalari
  • Grant olgan talabalar
  • Xitoyga yetib borgan talabalar fikrlari
流程

Qanday ishlaymiz

Sentyabr qabuli uchun yanvar–aprelda, mart qabuli uchun sentyabr–noyabrda boshlash tavsiya etiladi.

  1. 1-kun

    Bepul konsultatsiya

    Telegramda yozasiz: yosh, baho, til darajasi, byudjet. Mos universitetlarni tavsiya qilamiz.

  2. 1–7 kun

    Shartnoma va $300 avans

    Shartnoma tuzamiz va hujjatlarni yig‘ishni boshlaymiz.

  3. 1–3 hafta

    Hujjatlar

    Tarjima, notarius, apostil, tibbiy va bank ma’lumotnomalari, motivatsion xat, tavsiyanomalar.

  4. 2–8 hafta

    Topshirish

    Hamkorimiz bilan universitet va grantlarga topshiramiz, intervyuga tayyorlaymiz.

  5. Natija

    Qabul xati va JW202

    Admission letter va JW202 keladi, qolgan to‘lov qilinadi.

  6. Uchishdan oldin

    X1 / X2 viza

    Viza hujjatlari, yo‘lga tayyorgarlik, WeChat va Alipay bo‘yicha brifing.

材料

Kerakli hujjatlar

Hujjatlarning rasmi yoki skani yetarli — asl nusxa shart emas.

  • Asosiy

    Xorijga chiqish pasporti (2027-yil sentyabridan keyin kamida 6 oy amal qilishi kerak), 3×4 surat, ID karta, ota-ona pasporti

  • Ta’lim

    Attestat va baholar (hali bitirmagan bo‘lsangiz — maktab ma’lumotnomasi)

  • Til bilish

    IELTS 5.5+ yoki HSK 4 (200+ ball)

  • CSCA natijasi

    Xitoy universitetlariga kirish imtihoni (CSCA) natijasi — imkon qadar tezroq

  • Qo‘shimcha

    2 ta tavsiyanoma, motivatsion xat, 1 daqiqalik video

⏰ Sudlanmaganlik va tibbiy ma’lumotnoma so‘nggi 1 oy ichida olingan bo‘lishi kerak.

Yaxshi xabar

Hujjatlarning rasmi yoki skani yetarli — asl nusxa shart emas. Sudlanmaganlik ma’lumotnomasining QR kodli elektron varianti ham qabul qilinadi.

BONUSYutuq va volontyorlik sertifikatlari imkoniyatingizni oshiradi.
奖学金

Grant turlari

Grantga hujjatlar odatda noyabr–mart oralig‘ida topshiriladi. Qancha erta boshlasangiz, imkoniyat shuncha yuqori.

CSC — Xitoy hukumati granti

Kontrakt, yotoqxona, sug‘urta bepul + oylik stipendiya: bakalavr 2 500 ¥, magistr 3 000 ¥, PhD 3 500 ¥. Yosh chegarasi: bakalavr 25, magistr 35, PhD 40 yoshgacha.

Viloyat va shahar granti

Chjeszyan, Szyansu, Pekin, Shanxay va boshqa hukumatlarning granti. To‘liq yoki qisman.

Universitet granti

Universitetning o‘z granti: kontraktning 50–100% qismini qoplaydi.

Xitoy tili o‘qituvchilari granti

Til kursi uchun (1 semestr yoki 1 yil). Odatda HSK 3 va HSKK hamda tavsiyanoma kerak.

费用

Xitoyda bir yillik xarajat

Universitetga va yashashga ketadigan taxminiy summalar (yuanda). Grant bo‘lsa, kontrakt va yotoqxona qoplanishi mumkin.

XarajatKichik shaharPekin / ShanxayIzoh
Kontrakt (o‘qish)12 000–20 000 ¥20 000–35 000 ¥Grant bo‘lsa — 0
Yotoqxona3 000–7 000 ¥6 000–14 000 ¥2–4 kishilik xona
Tibbiy sug‘urta800 ¥800 ¥Majburiy
Residence permit, tibbiy ko‘rik600–1 000 ¥800–1 200 ¥Birinchi yil
Ovqat va yashash (oyiga)1 200–1 800 ¥2 000–3 000 ¥Halol oshxonalar bor
问答

Ko‘p beriladigan savollar

CSCA nima va u kimga kerak?

CSCA — Xitoyda bakalavrga kirish uchun yangi standart imtihon. 2026/2027 o‘quv yilidan grant beradigan universitetlarning bakalavriatiga topshirayotganlar uchun majburiy. Yiliga 5 marta (yanvar, mart, aprel, iyun, dekabr) o‘tkaziladi, uyda onlayn topshirish ham mumkin. Fanlar: xitoy tili, matematika, fizika, kimyo (yo‘nalishga qarab). Magistr va PhD uchun kerak emas. Rasmiy sayt: csca.cn

Xitoy tilini bilmasam ham kira olamanmi?

Ha. Til kursidan boshlaysiz, HSK 4 olgach bakalavrga o‘tasiz. Ingliz tilidagi dasturlarga IELTS bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish mumkin.

Nega grantli dastur narxi qimmatroq?

Grant olish uchun ko‘proq ish qilinadi va siz yiliga bir necha ming dollar tejaysiz. Narx natijaga bog‘liq: grant qanchalik to‘liq bo‘lsa, xizmat haqi shuncha yuqori.

Avans qaytariladimi?

$300 avans qaytarilmaydi, chunki u bilan ish boshlanadi. Asosiy summani esa faqat qabul xati va JW202 kelgandan keyin to‘laysiz.

Ariza yig‘imi nima?

Har bir universitet arizani ko‘rib chiqish uchun application fee oladi (odatda 400–1 000 ¥). Uni talaba universitetga o‘zi to‘laydi, u xizmat narxiga kirmaydi.

Kollejga topshirish mumkinmi?

Ha, kollejlar bo‘yicha narx alohida kelishiladi. Telegramda yozing.

Halol ovqat bormi?

Deyarli barcha universitetlarda musulmonlar oshxonasi (清真食堂) bor.

价格

Xizmat narxlari

Narxlar AQSh dollarida, bitta talaba uchun. Universitetning ariza yig‘imi (application fee) alohida, uni talaba universitetga o‘zi to‘laydi.

1. Grant asosida o‘qish

CSC, viloyat, shahar va universitet grantlari. Xizmat narxi siz olgan grant turiga bog‘liq: grant qancha katta bo‘lsa, narx shuncha yuqori.

BosqichTo‘liq grant + stipendiyaKontrakt + yotoqxona bepulFaqat kontrakt bepul
Bakalavr$1 700≈ 20,4 mln so‘m$1 400≈ 16,8 mln so‘m$1 200≈ 14,4 mln so‘m
Bakalavr — tibbiyot$2 200≈ 26,4 mln so‘m$1 800≈ 21,6 mln so‘m$1 600≈ 19,2 mln so‘m
Magistratura$1 600≈ 19,2 mln so‘m$1 400≈ 16,8 mln so‘m$1 300≈ 15,6 mln so‘m
Magistratura — tibbiyot$2 000≈ 24,0 mln so‘m$1 600≈ 19,2 mln so‘m$1 400≈ 16,8 mln so‘m
Doktorantura$2 000≈ 24,0 mln so‘m$1 600≈ 19,2 mln so‘m$1 400≈ 16,8 mln so‘m
Doktorantura — tibbiyot$2 400≈ 28,8 mln so‘m$1 900≈ 22,8 mln so‘m$1 700≈ 20,4 mln so‘m

2. O‘z hisobidan (kontrakt) o‘qish

Grantsiz, kontrakt asosida qabul. Eng tez va eng ishonchli yo‘l.

DasturXizmat narxi
Bakalavr$1 000≈ 12,0 mln so‘m
Magistratura$1 200≈ 14,4 mln so‘m
Doktorantura$1 200≈ 14,4 mln so‘m
Til kursi — Guanchjou (hamkor universitetlar)$500≈ 6,0 mln so‘m
Til kursi — boshqa shaharlar$900≈ 10,8 mln so‘m
Til kursi — grant asosida$1 300≈ 15,6 mln so‘m

3. Maxsus dasturlar

Xitoy tili o‘qituvchilari granti va Xitoyning eng kuchli 5 ta universiteti.

Xitoy tili o‘qituvchilari granti — 1 yil

$1 300 ≈ 15,6 mln so‘m

International Chinese Language Teachers Scholarship. Kontrakt, yotoqxona va stipendiya beriladi.

Xitoy tili o‘qituvchilari granti — 1 semestr

$1 200 ≈ 14,4 mln so‘m

Qisqa muddatli til dasturi, grant asosida.

Tavsiyanoma (shu grant uchun)

$200 ≈ 2,4 mln so‘m

Grant uchun vakolatli tashkilotdan tavsiyanoma olib beramiz. Qaytarilmaydi.

TOP-5 universitet

Bakalavr$4 800
Magistratura$5 800
Doktorantura$6 800

Pekin, Tsinghua, Fudan, Chjeszyan, Shanxay Jiao Tong darajasidagi universitetlar. Qabul bo‘lsa, grant bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham to‘liq to‘lanadi.

Avans — $300Hujjat topshirishni boshlash uchun. Qabul bo‘lmasa yoki talaba o‘zi to‘xtatsa, qaytarilmaydi.
Qolgan summaQabul xati (Admission letter) va JW202 kelgandan keyin to‘lanadi. Aniq summa natijaga — grant turi yoki kontraktga — qarab belgilanadi.
Ariza yig‘imiHar bir universitetning o‘z application fee si bor. Uni talaba universitetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘laydi.
Grant natijasiGrant natijasi aniq bo‘lgandan keyin narx yuqoridagi jadval bo‘yicha belgilanadi.
联系

Bepul konsultatsiyaga yoziling

Formani to‘ldiring, tayyor xabar hosil bo‘ladi. Uni Telegramda bizga yuboring.

Admin (Telegram)@ChinaConsult_Uz
Telegram kanalt.me/ChinaConsult_uzb
✈ Telegramda yozish
KonsultatsiyaKanalimiz